Loyihamiz BMTning barqaror rivojlanish maqsadlariga mos keladi
Moliyalashtirish
Clean Games grantlar, korporativ buyurtmalar, homiylik va munitsipal shartnomalar, davlat xaridlari va kraudfanding orqali moliyalashtiriladi.


    Loyiha tarixi
    «Clean Games» 2014 yilda, Dmitriy Ioffe va uning do'stlari Vuoksa ko'li bo'ylab sayrga chiqqanlarida dunyoga kelgan. Dam olish orollardan birida yig'ilgan chiqindilar bilan deyarli buzildi, keyin esa jamoa chiqindilarni yig'ish uchun ov musobaqasini ochdi. 2 oydan so'ng, «Yuguruvchi shahar» va uning direktori Igor Golyshev ko'magida birinchi Toza O'yinlar bo'lib o'tdi.
    2014-2015: Rossiya mintaqalarida rivojlanish
    Loyihaning o'yin formati 2 oydan keyin Torjok, Krasnodar va Tver faollarini jalb qildi. Loyiha «Ekologik franshiza»ga aylandi va hududlarda tashkilotchilar hamjamiyati shakllandi. Metodika notijorat shartnoma imzolangandan keyin bepul tarqatiladi.
    2016-2017: Rossiyada yillik ikki baravar o'sish
    Har yili yangi ishtirokchi shaharlar soni ikki baravar ko'paydi. Tez rivojlanish noyob format, jamoaviy ishtirok, davlatning qo'llab-quvvatlashi va tan olinishi, shuningdek, 2017 yil Ekologiya yili deb e'lon qilinganligi tufayli yuzaga keldi – shu vaqtda Dmitriy Ioffe Rossiya Ko'ngillisi mukofoti laureati bo'ldi.
    2018-2019: Xalqaro rivojlanish
    2018 yilda Rossiyada Ko'ngillilik yili e'lon qilinganda, loyihaning Hindistonda yashovchi tanishi o'z shogirdlari uchun o'yin o'tkazdi - kutilmaganda loyiha xalqaro miqyosda ega bo'ldi. Keyin ikki qit'aning 15 davlatida Clean Games o'tkazildi. 2019 yilda birinchi Umumrossiya va xalqaro turnirlar, Boltiq dengizi tozaligi kubogi bo'lib o'tdi, va bu musobaqalar har yili o'tkaziladigan tadbirlarga aylandi.

    2018 yilda loyiha «Yilning eng yaxshi ekoko'ngilli loyihasi» va «Yilning eng yaxshi tabiatni muhofaza qilish loyihasi» deb topildi. 2019 yilda «Clean Games» II Parij Tinchlik forumida taqdim etildi, «Iqlimni rivojlantirish boʻyicha yetakchi» va «Eng yaxshi ekologik ijtimoiy tadbirkorlik loyihasi» mukofotlari bilan taqdirlandi.
    2020-2021: Yangi muammolar va g'alabalar

    2020 yilda COVID-19 pandemiyasi sababli, «Clean Games» yangi formatlarni ishlab chiqishi kerak edi. «Chiqindilar bilan kurashuvchilar mukofoti» yakka holdagi tozalash aksiyasi «Clean Games» tarixidagi ommaviy axborot vositalarida eng koʻp yoritilgan tadbir boʻldi. Oddiy o'yinlar esa markazlashtirilmagan xavfsiz formatda o'tkazildi.

    Birinchi Qit'alararo kubok Rossiya va AQShning 20 ta shaharlarini birlashtirdi

    Biz Toza Boltiq Koalitsiyasiga a'zo bo'ldik. Ular bilan hamkorlikda biz ikkinchi va uchinchi Boltiq Dengizi Tozaligi kubogini o'tkazdik, Rossiya-Belarus Ittifoqi davlatidan tashqarida ishtirokchilar sonini 3 barobarga oshirdik.

    2021 yilda biz barqarorlik bo'yicha eng muhim global mukofot – Energy Globe Award xalqaro finalchilar va milliy g'oliblarga aylandik! Taqdirlash marosimi Glazgoda BMTning iqlim o'zgarishi bo'yicha 26 konferentsiyasi (COP26) doirasida bo'lib o'tdi.
    2014: : Birinchi Toza O'yin
    2022: Biz Coviddan oldingi darajaga yetdik va hatto undan oshib ketdik!
    Clean Games amaliyoti 3 ta yangi davlatga tarqaldi – hozir Clean Games 28 ta davlatda o'tkazilmoqda va shu bilan birga biz Clean Games tarixidagi 100 000 ishtirokchi va 3 000 tonna chiqindi yig'ilgan muhim bosqichni bosib o'tdik!

    Bu yil biz butun Rossiya bo'ylab ekologiya faollari uchun «Barqaror tozalik» deb nomlanuvchi birinchi tanlovimizni o'tkazdik.

    Biz an'anaga aylangan ikkinchi Arktika Tozalik kubogini o'tkazdik – unga Rossiya Arktikasining barcha 9 mintaqasi qo'shildi.

    Bizning ichki madaniyatimiz 4, 5, 12-sonli Barqaror rivojlanish maqsadlariga qaratilgan
    Ushbu maqsadga erishish uchun biz:

    - Tashkilotimizda ta'lim ekotizimini yaratamiz va xodimlarimizni ekologik mas'uliyat va BR madaniyatini qo'llab-quvvatlashga o'rgatamiz;

    - Hozirgi va bo'lajak ko'ngilli tashkilotchilarimiz uchun vebinar va vorkshoplar o'tkazamiz;

    - Rossiyaning shahar va viloyatlari va xorijdagi mahalliy aholini o'yin, ta'lim va muloqot usullari orqali ekologik ko'ngillilikka jalb qilamiz.

    - Axborot va ishtirok etish orqali odamlarning barqaror rivojlanish qadriyatlariga yaqinlashish yo'lidagi tafakkurini o'zgartirishga hissa qo'shamiz.

    Maqsadga erishish uchun biz:

    - Jinsidan qat'i nazar, teng qiymatdagi ish uchun teng haq to'lashni ta'minlaymiz

    - Toza O'yinlarda rahbarlik lavozimlarining 50 foizini ayollar egallaydi
    Maqsadimizga erishish uchun biz:

    - ChSY (Сhiqindilarni saralab yig'ish)ni joriy qilamiz va «Yashil ofis» konsepsiyasini ishlab chiqamiz

    - Mas'uliyatli iste'mol sohasida korporativ madaniyatni shakllantiramiz
    Команда Чистых Игр
    Дмитрий Иоффе
    Председатель МОО «Чистые Игры»
    dima@cleangames.ru
    Любовь Торопова
    Администратор и грантовый фандрайзер МОО «Чистые Игры»
    toropova.l@cleangames.org
    Анна Купрякова
    Главный координатор по региональному развитию
    anna.kupryakova@cleangames.org
    Бахтиниссо Султонова
    Специалист по региональному развитию
    regions@cleangames.ru
    Алексей Купряков
    Координатор международной деятельности
    alexey.kupryakov@cleangames.org
    Антон Зайцев
    начальник отдела по внешним коммуникациям и работе с партнерами
    press@cleangames.ru
    zaitsev@cleangames.org
    +7 931 258 70 97
    Анна Новикова
    Секретарь офиса в Санкт-Петербурге
    secretary@cleangames.org
    +7(958)498-38-28
    Владимир Иоффе
    Технический директор
    Илья Хватаев
    Специалист по работе с IT-сервисами
    Tashkilot haqida huquqiy ma'lumotlar
    Toʻliq nomi: «Clean Games» Mintaqalararo Ekologik va Vatanparvarlik Tarbiyasi Jamoat tashkiloti

    Qisqartirilgan nomi: «Clean Games» ХJT

    Ro'yxatdan o'tgan sana: 2018 yil 6 iyun

    Asosiy davlat ro'yxatidan o'tkazish raqami (ОГРН): 1187800002444

    Soliq to'lovchining identifikatsiya raqami (ИНН): 7819039109

    Ro'yxatidan o'tkazish sababi kodi (КПП): 781901001

    Hisob raqami: 40703810655000001811

    Bank: «Sberbank» AJ ning Shimoliy-G'arbiy banki

    Bank identifikatsiya kodi (БИК): 044030653

    Korrespondentlik hisob raqami: 30101810500000000653


    TASHKILOT HUJJATLARI:

    Tashkilot ustavi
    NТТ davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnoma
    Soliq ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnoma